Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati 24 talik tavsiyalar asosida tanqidiy muhokama qilindi
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida "1-Degrez" okrugi deputati Begjanov Ulug'bek Utkurovichning okrugidagi Shofayzbog‘i mahallasida aholini muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari bilan ta'minlash holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🇺🇿 Unda O‘zbekiston "Adolat" SDPdan saylangan "5-O‘tkir" okrugi deputati Ibrohimjon Abdullayev, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda bosh mutaxassis Umidbek Abilovlar ishtirok etdi.

📊 O‘rganish davomida aholini issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta'minlash holati, mavjud muammolar va fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar ijrosi tahlil qilindi.

🗂 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi PQ-54-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarorlari ijrosi doirasida Uchtepa tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Shofayzbog‘ mahallasining 8-Tor Degrez ko‘chasida fuqarolar murojaatlari asosida 630 kVA quvvatli yangi transformator (elektr taqsimlash moslamasi) o‘rnatilgani bilan tanishildi. Ta'kidlanganidek, mazkur loyiha hududdagi elektr ta'minoti barqarorligini oshirish, kuchlanish pasayishining oldini olish va iste'molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.

📝 Shuningdek, hududdagi ichimlik suvi, issiq suv va tabiiy gaz ta'minoti holati ham ko‘zdan kechirilib, aholini uzluksiz va sifatli kommunal xizmatlar bilan ta'minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish yuzasidan mas'ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ O‘rganish yakunida deputatlik nazorati doirasida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta'minlash va murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5