Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi


Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi

🏛 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "24-Shirin" okrugi deputati Shahnoza Mustafayeva tomonidan Uchtepa tumani Shirin mahallasidagi oqava suv tarmoqlari bilan bog‘liq muammo yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga mas’ul tashkilotlardan natijasi yuzasidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Mazkur javobga ko‘ra, Uchtepa tumani 26-mavze, 19-sonli ko‘p qavatli uy hududida joylashgan oqova suv tarmoqlari mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan hamda quyidagi holatlar aniqlangan:

✍️ 26-mavze 19-uy oldidan o‘tuvchi diametri 200 mm bo‘lgan shahar oqova suv tarmog‘i quvurlari texnik jihatdan soz holatda ekani, quvurlarda sinish yoki yer sathining cho‘kishi holatlari aniqlanmagani qayd etilgan.

🤔 Oqova suv tarmog‘ida yuzaga kelayotgan tiqilishlar va avariya holatlariga asosan aholi tomonidan tarmoqdan noto‘g‘ri foydalanilishi hamda profilaktik tozalash ishlari muddatining kelgani sabab bo‘layotgani aniqlangan.

✅ Shu munosabat bilan Uchtepa tumani oqova suv tarmoqlari bo‘limining joriy ta'mirlash brigadasi tomonidan 26-mavze 19-uy va unga tutash ko‘p qavatli uylar oldidagi oqova suv tarmoqlarida profilaktik tozalash ishlari amalga oshirilgan.

⛏ Tozalash jarayonida quduqlar va quvurlar ichidan pampers, latta, plastik idishlar, rezina buyumlar hamda boshqa maishiy chiqindilar olib tashlangan. Oqova suv tarmoqlari maxsus KO-514 texnikasi yordamida yuqori bosim ostida yuvilib, to‘liq tozalangan. Hozirgi vaqtda mazkur hududdagi diametri 200 mm bo‘lgan oqova suv quvurlari normal gidravlik rejimda ishlayotgani sababli ularni qayta qurish (perekladka) zarurati mavjud emasligi bildirilgan.

🗣 Shuningdek, mas'ul tashkilot tomonidan kelgusida oqova suv tarmoqlarining barqaror ishlashini ta'minlash uchun aholidan maishiy chiqindilarni kanalizatsiya tarmoqlariga tashlamaslik hamda ulardan belgilangan qoidalarga muvofiq foydalanish so‘ralgan.

Slide 1 of 7