Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati faoliyati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahalliy Kengash faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kotibiyat ishini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

📝 O‘rganish davomida deputatlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari hamda nazorat tadbirlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosini monitoring qilish, saylov okruglarida olib borilayotgan o‘rganishlarni muvofiqlashtirish hamda ijro intizomiga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, ekspert va Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yoritish, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda deputatlik faoliyatini keng targ‘ib etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuv davomida doimiy komissiyalar hamda sessiyalarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, ularni qonunchilik talablari asosida sifatli tayyorlash, kun tartibini shakllantirish, qaror loyihalarini ko‘rib chiqish hamda rasmiylashtirish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🔎 Xususan, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, "Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari"ni sifatli yuritish, O‘zbekiston Respublikasining 162 ta eng muhim qonuni ijrosi yuzasidan doimiy komissiyalar faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🖥 O‘rganish jarayonida "E-Kengash" axborot tizimidan foydalanish holati ham batafsil tahlil qilinib, deputatlar murojaatlari va ularning ijrosi, qabul qilingan qarorlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi, sessiya materiallarining sifatli tayyorlanishi, hujjatlarni elektron shaklda yuritish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📍 Yakuniy tahlillarga ko‘ra, Shayxontohur tuman Kengashi kotibiyatida hujjatlar elektron shaklda tizimli yuritilayotgani, qarorlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilib "E-Kengash" platformasiga joylashtirilayotgani, deputatlarga tashkiliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatish, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda mahalliy Kengash faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. O‘rganish yakunida kotibiyat xodimlariga mavjud ijobiy tajribalarni yanada rivojlantirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3