Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
#Deputat_mahallada

Tuman Kengashi deputati D. Turg‘unov okrugi hududidagi "Erkin" mahallasi xotin-qizlar faolining "Ayollar daftari" bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari kotibiyat mudiri G. Tursunova tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Usmonova ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan individual ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar yuzasidan hujjatlar va amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallada xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5