Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
YOSHLAR – YANGI O‘ZBEKISTONNING ENG KATTA BUGUNI VA KELAJAGI!
#Munosabat

YOSHLAR – YANGI O‘ZBEKISTONNING ENG KATTA BUGUNI VA KELAJAGI!

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti mamlakatimizda inson kapitaliga sarmoya kiritish, yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugun dunyoda raqobat endi hudud yoki tabiiy boyliklar emas, balki bilim, texnologiya va inson kapitali asosida kechmoqda. Bu esa har bir yoshning bilimli, zamonaviy kasb egasi va Vatan taraqqiyoti uchun mas’uliyatli shaxs bo‘lib kamol topishini talab qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslar ham yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi.

Jumladan:
har yili 500 ming nafar yosh zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;
50 ming nafar yosh uchun "kasb vaucheri" joriy etiladi;
85 ming nafar ehtiyojmand ishsiz yosh bepul kasbga o‘qitiladi;
mazkur maqsadlar uchun joriy yilning o‘zida 120 milliard so‘m ajratiladi;
xorijda tahsil olayotgan 14 mingdan ortiq yosh uchun amaliyot va stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
yoshlar tashabbuslarini amalga oshirish uchun 50 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash raisi sifatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim, munosib mehnat, ekologik xavfsiz muhit va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni o‘zimning muhim vazifalarimdan deb bilaman.

Ayniqsa, ekologik madaniyatga ega, zamonaviy bilim va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan yosh avlodni tarbiyalash — mamlakatimiz barqaror taraqqiyotining muhim omilidir.

Biz shunday yoshlarni tarbiyalashimiz kerakki, ular nafaqat raqobatbardosh mutaxassis, balki tabiatga mas’uliyatli, yurt taqdiriga daxldor va kelajak avlod oldidagi burchini his etadigan fuqaro bo‘lib voyaga yetsin.

Aziz yoshlar!
Sizlarning bilimingiz, izlanishingiz, tashabbuskorligingiz va yurtga sadoqatingiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng katta boyligidir.
Barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

✍️ Shaxnoza Umarxodjayeva
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi
Slide 1 of 1