Kutubxona faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q.Igamberdiyeva Qiziriq tumani Axborot-kutubxona markazida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondining holati, axborot-resurs xizmatlari hamda aholi, ayniqsa yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, deputat markaz xodimlari bilan muloqot o‘tkazib, ularning faoliyati, mavjud muammolar va takliflari yuzasidan suhbatlashdi. Muloqot davomida kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish, kitobxonlar sonini ko‘paytirish hamda aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#Q_Igamberdiyeva