“Yangi hayot” mahallasida deputat uchrashuvi: muammolar va takliflar muhokama qilindi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ch. Normo‘minov o‘zi saylangan 20-“Yangi hayot” saylov okrugi hududidagi Yangi hayot mahallasida bo‘lib, mahalla aholisi bilan ochiq uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar atroflicha tinglandi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar hamda qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, mahallada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli infratuzilmani rivojlantirish ishlari hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va muammolarni o‘rganish hamda ularni amaliy hal etish bo‘yicha tegishli ishlar belgilab olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#Ch_Normominov