Deputat xalq manfaatlarini ifoda etuvchi vakil hisoblanadi hamda Kengash sessiyalarida barcha masalalar bo‘yicha muhokamalarda qatnashish va ovoz berish huquqiga ega.
⏺ Deputat hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishi, davlat organlari va mansabdor shaxslarga deputatlik so‘rovi yuborishi mumkin.
⏺ Deputat saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazishi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganishi hamda ularning muammo va takliflarini tegishli tashkilotlarga yetkazishi shart.
⏺ Deputat o‘z faoliyatida qonuniylik, xolislik va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, saylovchilar oldidagi mas’uliyatini chuqur his qilishi lozim.
⏺ Qonunga muvofiq deputatning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati davlat tomonidan himoya qilinadi.
📌 Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishdan iborat.