35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 10-Mustaqillik saylov okrugi deputati E.Normurodov tomonidan Aytim mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) hududida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va yengilliklarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi. ♿️

🔎 O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlari, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘maklardan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglandi.

📋 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

✅ Bunday o‘rganishlar aholi, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va qonunchilikda belgilangan imtiyozlarning amalda ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2