Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi T. Xaydarov tomonidan hududdagi gaz golderlarining holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida:
▪️ gaz golderlarining umumiy va texnik holati;
▪️ 🦺 xavfsizlik talablariga rioya etilishi;
▪️ 🔥 gaz saqlash va undan foydalanish jarayonlarining belgilangan talablarga muvofiqligi;
▪️ 🧹 golderlar joylashgan hududning tozaligi va obodonlashtirilganligi;
▪️ ⚠️ yong‘in va boshqa xavfsizlik choralarining ta’minlanganligi;
▪️ 👥 aholiga gaz yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi.
📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
🤝 Aholini sifatli va xavfsiz gaz ta’minoti bilan ta’minlash, gaz xo‘jaligi obyektlarining barqaror faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari doimiy deputatlik nazoratida.