35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

🏛 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida hududda aholini, ayniqsa, ish izlayotgan fuqarolarni bandlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolarga kasb-hunar o‘rgatish hamda ularni doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👥 Shuningdek, bandlik sohasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati va aholining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

📊 O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Aholi bandligini ta’minlash — oilalar daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarning farovonligini yuksaltirishning muhim omilidir.

Slide 1 of 3