BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov tomonidan mehnat bozoriga kirib kelayotgan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🗣 Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, muammolari, qiziqishlari hamda kelgusidagi rejalari tinglandi. Ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va mavjud muammolarini hal etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
🌱 Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va kelajakdagi maqsadlarini ro‘yobga chiqarish borasida amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
📌 Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va takliflarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.