🔹Mazkur hudud tuman markazidan qariyb 30 kilometr uzoqda joylashgan. Avvalgi tibbiy xizmat ko‘rsatish masofasi 20 kilometrdan ortiqni tashkil etardi, bu esa, ayniqsa, keksalar, bolali onalar va tez tibbiy yordamga ehtiyoji bo‘lganlar uchun jiddiy qiyinchilik tug‘dirayotgan edi. Hozirda ushbu hududda zamonaviy poliklinika qurilishi boshlandi. Qishloq aholisi va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bu yangilikdan juda ham mamnun. Yangilanayotgan tibbiyot maskani kelgusida hudud aholisi salomatligini mustahkamlash, profilaktika va davolash xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi, albatta.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati