🔹Uchko‘prik tumanining “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli “Gumbaz” qishlog‘ida yashovchi fuqarolar ichimlik suvi bilan bog‘liq muammodan shikoyat qilishdi. Deputat o‘rganuvi jarayonida mahallaga suv yetkazib beruvchi quvur yorilgani ma’lum bo‘ldi.
🔹Chiqindilarni to‘plash va tashish xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ammo ayrim holatlardan
ko‘rinadiki, mahalla aholisining murojaatlariga mas’ullar bee’tiborligi oqibatida chiqindilarni samarali boshqarishda jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda.
🔹Yuqorida keltirilgan har ikki holatdagi o‘z yechimini kutayotgan muammo: mahallada ichimlik suvi quviri nosoz holatga kelib
qolgani va chiqindilar masalasida aholi murojaatlari deputat tomonidan o‘rganilib, sohaga tegishli mutasaddilar jalb qilinishi natijasida muammolar bartaraf etildi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati