Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Akbarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-98-son farmoniga muvofiq, tumandagi Katta Qo‘shtepa va Yangiyo‘l mahallalarida “Mahalla yettiligi” vakillari va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda deputat tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yil dasturlarni shakllantirishda deputat va “mahalla yettiligi” vakillarining o‘zaro hamkorligi dolzarb ekanligi ta’kidlandi.
SHundan kelib chiqib, mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha 2026-yil dasturini shakllantirishda kiritiladigan masalalar yuzasidan takliflar berildi.