Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishida Uchko‘prik tumanida joriy yilning birinchi choragida ichimlik suvi ta’minotini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025 yilning birinchi yarim yilligiga belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi to‘g‘risida;
2025 yilning birinchi choragi mobaynida Uchko‘prik tumanida elektr energiyasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
2025 yilning birinchi choragi mobaynida Uchko‘prik tumanida tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida;
2025 yilning birinchi choragi davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan Uchko‘prik tumanida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.