Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ona tiliga hurmat — milliy qadriyatga hurmat

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi Mashhurbek Davlatov “O‘zbek tiliga hurmat” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbir davomida ona tilimizning qadri, davlat tili sifatidagi o‘rni hamda uni asrab-avaylash har bir fuqaroning burchi ekani haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga o‘zbek tilining tarixi, buguni va kelajagi haqida tushuntirishlar berildi.

Suhbat yakunida yoshlar o‘rtasida ona tiliga mehr va hurmatni yanada mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 3