Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S.B. Allayarov yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan fuqarolar bilan davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbir davomida qonunning mazmun-mohiyati, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarning savollariga javob qaytarildi.
Yangi imkoniyatlar natijasida hududlarda tadbirkorlik rivojlanib, aholi bandligi va daromad manbalari kengayib bormoqda. Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.