Korxona rahbari Ilhomboy Hayitbayevning ma’lum qilishicha, o‘tgan yili 3 nafar xodim bilan ish boshlagan korxonada bugungi kunda 7 nafar fuqaro mehnat qilmoqda. Shu bilan birga, mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi ham sezilarli oshgan. Hozirda korxonada kuniga 1–1,2 tonna un qayta ishlanib, aholining buyurtmalariga asosan non va turli pishiriq mahsulotlari tayyorlanmoqda.
Muloqot davomida korxona rahbari faoliyatni yanada kengaytirish, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shimcha 3–4 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Tadbirkor o‘z faoliyatini rivojlantirish yuzasidan berilgan taklif va tavsiyalar uchun deputatga minnatdorlik bildirdi.