Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” dasturi tasdiqlandi

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasida tuman hokimi o‘rinbosari Z. Ro‘zmetov tomonidan taqdim etilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Mazkur dastur yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, kitobxonlik, kasb-hunar va zamonaviy bilimlarga keng jalb etishga qaratilgan. Dastur doirasida mahallalar va ta’lim muassasalarida turli ma’naviy-ma’rifiy hamda amaliy tadbirlar tashkil etilishi belgilandi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan ushbu tashabbus tuman miqyosida izchil amalga oshiriladi.

Slide 1 of 2