Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi deputati Zafarbek Dovlatov tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi hamda Tuyamuyun ko‘l stansiyasida bo‘lib, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida qonun ijrosini tashkil etishda ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, uzoq yillik kuzatuvlar natijalariga ko‘ra, atmosfera havosi va atrof-muhit holatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Deputat tomonidan qonun ijrosini samarali ta’minlashda nafaqat nazorat choralarini, balki aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, bu jarayonda deputatlar korpusi imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.