Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezident qarorlari ijrosi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
#sessiya
янв.21
Хalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining 5-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 104-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 102-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 100-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 99-sessiyasi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon shahar Kengashining 94- sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Dastlab, 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida Xalq qabulxonasi, sektorlar va tashkilot raxbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash faoliyati hamda  2024- yilning o‘tgan 6 oyi sektor rahbarlarining mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazish orqali aholi murojaatlari bilan ishlash faoliyati yuzasidan shahar Xalq qabulxonasi mudiri H.Shodievaning axboroti eshitildi. Shundan so’ng Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni amalda to‘langanligi hamda soliq qarzdorligi bo‘yicha shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i F.G‘anievning xalq deputatlari shahar Kengashiga murojaati tinglandi.  Sessiyada navbatdagi masalalar bo’yicha shahar hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i U.Tuyg‘unovlarning hisoboti eshitildi. Kattaqo‘rg‘on shahrida energiya resurslarini iqtisod qilishning maqsadli ko‘rsatkichlarini bajarilishi to‘g‘risida shahar elektr ta’minoti korxonasining boshlig‘i O.Tuxtaevning hisoboti ham deputatlar e’tiboriga havola qilindi.  Shuningdek sessiyada shahar aholisini, ijtimoiy soha obektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida, Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy budjetining 2024-yil maqbullashtirilgan mablag‘larini chegirib olish va qayta yo‘naltirish to‘g‘risida, shahar saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida, Kattaqo‘rg‘on shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining ko‘cha nomlari ko‘rsatilgan xaritalarini tasdiqlash to‘g‘risida, hamda Kattaqo‘rg‘on shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 7 martdagi PQ 122-sonli “Xotin kizlarning tadbirkorligini yulga quyish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risda” gi qaror ijrosi to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan sessiya o’z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 10