Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
🔰Kosonsoy tumani Kengashi deputatlari D. Valieva va N. Qodirova Qorasuv mahallasidagi ishsiz fuqarolar bilan uchrashib, o‘z-o‘zini band qilish masalalari yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazdilar

🔰Kosonsoy tumani Kengashi deputatlari D. Valieva va N. Qodirova Qorasuv mahallasidagi ishsiz fuqarolar bilan uchrashib, o‘z-o‘zini band qilish masalalari yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazdilar.

📉Uchrashuv davomida aholini ish bilan ta’minlash, ayniqsa, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnat faoliyatiga jalb etishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, o‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari, mavjud imkoniyatlar, davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

🗓️Deputatlar tomonidan fuqarolarga kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar o‘rganish, uy sharoitida mehnat qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, bandlikka ko‘maklashuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐Suhbat jarayonida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Kelgusida bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish orqali aholi bandligini ta’minlash va ularning turmush darajasini yanada yaxshilash maqsad qilingani ta’kidlandi.

Slide 1 of 4