Bugun, 28-aprel — "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish" kuni. Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi tumanimizdagi barcha soha vakillarini ushbu sana bilan qutlaydi!
Bu kun har bir ishchi-xodim uchun xavfsiz va sog‘lom ish muhitini ta’minlash naqadar muhimligini eslatadi. Zero, inson hayoti va uning salomatligi biz uchun eng oliy qadriyatdir.
Barcha ishchi-xodimlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xavfsiz mehnat faoliyati tilaymiz!
Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi