Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning Sayopir shahobchasida bo‘lib, mahalla aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va o‘z vaqtidaligini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish holati, tibbiyot xodimlarining ish faoliyati, dori-darmon ta’minoti hamda sanitariya-gigiyena sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Deputat tomonidan aniqlangan ayrim muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi. Kelgusida aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi