Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
“Do‘stlik” mahallasida yoshlar bandligi va tadbirkorlik bo‘yicha kompleks o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Do‘stlik” mahallasida yoshlar bilan ishlash, bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi.

👥 O‘rganish jarayonida mahalla yoshlar yetakchisi Q.Qurbaniyazov tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ishlar tahlil qilindi.

🧑💼 Shuningdek, bir qator fuqarolar va yosh tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi:

▪️ Ilyasov Hayot — “Coffee bar” orqali xizmat ko‘rsatish faoliyati

▪️ Saparbaev Nurlibek — mebel ishlab chiqarish va sotish yo‘nalishi

▪️ R.Jaksimuratova — “Surxon Taxiatosh textil” MChJda bandligi va uy sharoitida daromad olish faoliyati

▪️ T.Kutlimuratov — chorvachilik va parrandachilik orqali qo‘shimcha daromad manbai yaratish tashabbusi

💰 Shu bilan birga, ayrim fuqarolarga tadbirkorlikni kengaytirish va qo‘shimcha daromad olish uchun kredit ajratish ishlari amaliy ko‘mak asosida tashkil etilayotgani qayd etildi.

💼 Deputat tomonidan yoshlar bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

🌱 Yoshlar bandligi va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash — mahalla taraqqiyotining muhim omili.

Slide 1 of 5