Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
#nazorat #o'rganish

Davlat xizmatlarining shaffofligi va aholi uchun qulayligini ta’minlash bugungi islohotlarning asosiy maqsadidir. Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Oybek Qurolboyev, Abdujabbor Djurayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Nematullayeva Olmaliq shahar Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida quyidagilar qayd etildi:

✅ Raqamli xizmatlar: Markazda barcha xizmatlar to‘liq elektronlashtirilgan bo‘lib, ular darajasiga ko‘ra "oson", "o‘rta" va "murakkab" turlarga bo‘lingan.

✅ Tezkor xizmat: Fuqarolarga 8 nafar malakali operatorlar tomonidan muntazam ravishda xizmat ko‘rsatilmoqda.

✅ Imtiyozli sharoitlar: Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun alohida "Imtiyozli oyna" tashkil etilgan.

Kimlar navbatsiz xizmatdan foydalanishi mumkin?

Markazda nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensionerlar hamda 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar uchun navbatsiz, tezkor xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Markaz rahbari deputatlarni yaratilgan sharoitlar bilan birma-bir tanishtirar ekan, fuqarolarning vaqtini tejash va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Slide 1 of 7