Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiyada muhim moliyaviy masala ko‘rib chiqildi
янв.21
Deputat yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Deputat ijtimoiy xizmatlar tizimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” loyihasi doirasida ijodiy tanlov o‘tkazildi
янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
#jamoatchilik tadbiri #nazorat

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida mamlakatimizda elektron retsept tizimi joriy etilmoqda. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Adham Xasanov o‘z saylov okrugidagi dorixonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

✅Elektron tartib: Dorixonalarning maxsus elektron tizim bilan integratsiya qilinganligi va dori vositalarini elektron retsept asosida berish jarayoni;

✅Qonuniy talablar: Dori vositalarini berishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilishi;

✅Fuqarolar munosabati: Yangi tizimning aholi uchun qulaylik darajasi va yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan xaridorlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Elektron retsept tizimi shifokor tomonidan tavsiya etilgan dori vositalarining aniqligini ta'minlash, o‘zboshimchalik bilan dori ichish (samolecheniye)ning oldini olish va farmatsevtika bozorida shaffoflikni o‘rnatishga xizmat qiladi.

✍️ Xulosa:

Deputat tomonidan dorixona xodimlariga qonuniy talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Aholi tomonidan bildirilgan takliflar asosida tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli xulosalar olindi.

Slide 1 of 4