Sardoba tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi keng quloch yoymoqda.
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi 5-Otayurt okrugi deputati G'.Saitboyev tomonidan Otayurt mahallasida fuqarolarni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekishda katta hissa qo'shib kelmoqda.
“Yashil makon” loyihasi mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlash, iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish va yashil hududlar ulushini oshirishga xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan koʻchatlarni toʻgʻri ekish va parvarishlash boʻyicha tavsiyalar berildi. Ekilgan har bir niholning kelgusida sogʻlom va baquvvat daraxt boʻlib voyaga yetishi uchun muntazam parvarish ishlari olib borilishi taʼkidlandi.