Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
янв.21
Xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
янв.21
Deputat “Navro‘z” saylov okrugida o‘rganish olib bordi
MAHALLA OBODLIGI – YURT KO‘RKI: BIZ HAMJIHATLIKDA YANADA GO‘ZALROQ MANZILLARNI BARPO ETAMIZ!

 Urganch shahrida infratuzilmani yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. 

 Bugun Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda shahar Kengashi deputati F.Rahmonov hududlardagi ko‘chalarni asfaltlashtirish hamda obodonlashtirish jarayonlarini joyiga chiqib, bevosita o‘rgandilar. O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor nafaqat bajarilayotgan ishlarning sifatiga, balki ularning uzoq muddatli xizmat qilishi uchun aholining daxldorlik hissini oshirish masalasiga qaratildi. 

Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev ta’kidlaganidek, mahallalardagi bunyodkorlik ishlari faqatgina tashkilotchilar tomonidan emas, balki aholining
bevosita ishtiroki va doimiy nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Bu — nafaqat ishlarning sifatli bo‘lishiga, balki fuqarolarda «bu mening mahallam, mening ko‘cham» degan daxldorlik hissini shakllantirishga, pirovard natijada, mahallaning ko‘rkamligini uzoq vaqt saqlab qolishga xizmat qiladi.
 

 O‘rganish jarayonida mas’ullarga qurilish ishlaridagi ayrim kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, infratuzilmani loyiha asosida sifatli topshirish hamda aholining asosiy takliflarini inobatga olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. 

Deputat F.Rahmonov esa, o‘z navbatida, har bir mahalla fuqarolar yig‘inida «Jamoatchilik nazorati guruhlari»ning samarali ishlashini yo‘lga qo‘yish va bu
orqali hudud obodligini ta’minlashda fuqarolar tashabbuskorligini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
 

 Ta’kidlanganidek, mahalla – bizning umumiy uyimiz. Uning obodligi va ko‘rkamligi har birimizning faol ishtirokimizga, olib borilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmasligimizga bog‘liq.  

Slide 1 of 2