Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumanda ta’lim sohasidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: mahalladagi ekologik muammo bartaraf etildi
янв.21
Bir murojaat — katta yordam: nogironlik aravachasi topshirildi
янв.21
🌿 Tuproqqal’a tumanida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar ko‘rib chiqildi
янв.21
XAVFSIZ MEHNAT — FAROVON HAYOT ASOSI!
янв.21
🏥 Xalq manfaati — e’tibor markazida!
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi deputati A.Bekchonov 9-son maktabda qurilish ishlarini bilan tanishdi.
янв.21
🟢 Tuproqqal’ada obodonlashtirish xizmatlari tariflari tasdiqlandi
янв.21
Ariza deputat nazoratida
янв.21
Xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishi

Bugun Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda komissiya aʼzolari, Farg‘ona shahar prokurorining o‘rinbosari R.Ro‘zimatov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlug‘ining birinchi o'rinbosari S.Sadirov ishtirok etdi.  

✅ Yig‘ilish kun tartibida Farg‘ona shahar prokuraturasi  hamda IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qaror ijrosi bo‘yicha bajarilgan ishlarning axborot va hisobotlari tinglandi.

✅ Xususan, 2026-yilning  1-choragida shahar hududidagi mahallalarda “Xavfsiz hudud”, “Ahil oila”, “Tig‘”, “Davomat” va “Xavfsiz va sog‘lom yurt” kabi profilaktik tadbirlar amalga oshirilgan.

✅ Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida mahallalarda 500 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari va uchrashuvlar tashkil etilgan.

Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan hali ham jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash va korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik vazifalar belgilab olindi.

🔗Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

👉 https://t.me/farkengashrasmiy

👉 https://www.facebook.com/share/1NDKSni6Z5/

Slide 1 of 9