"Yangi hayot" va "Abdulla Avloniy" mahallalarida deputat qabuli bo'lib o'tdi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Bo'ronova Jumagul Mirsidiqovna "Mahalla yettiligi" va mas'ullar bilan birgalikda shahrimizning "Yangi hayot" va "Abdulla Avloniy" mahallasi fuqarolarini "Yangi hayot" mahalla binosida qabul qildi. Qabul jarayonida 10dan ortiq fuqarolarning muammolari, taklif va murojaatlari qabul qilindi hamda hal qilish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar bo’yicha ma’sullarga tegishli vazifalar belgilanib deputat nazoratiga olindi.
https://t.me/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy