Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashiga 2-Islomobod saylov okrugidan saylangan deputat Bahodir Djumaniyozov Urganch shahridagi "Ziyokorlar" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o’z saylovchilari bilan "Sayyor qabul" o‘tkazdi. Sayyor qabulda asosan kommunal xizmati masalalari, moddiy yordam va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatchilar muammolari tinglandi hamda ularga huquqiy maslahatlar berildi, shuningdek, tegishli tashkilotlarga deputat so'rovi yuborishga kelishib olindi.