QIZILTEPA TUMANIDA OILA QURISH ARAFASIDAGI YOSHLAR O‘QITILIDI!
Qiziltepa tumani FXDYO bo‘limida oila qurish uchun ariza bergan yosh kelin-kuyovlarni o‘qitish jarayonlari davom etmoqda. Ushbu o‘quv jarayonida 2 nafar juftlik o‘qitildi.
O‘quv jarayonida MTDP Qiziltepa tumani Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mashhura Karimova, tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi, Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi, Adliya, Tibbiyot sohasi xodimlari, imom xatib va otinoylar tomonidan oila qurish arafasidagi yoshlarga oilaviy hayotda uchraydigan muammolar hamda ularni oqilona bartaraf etish yo‘llari haqida tavsiyalar berishdi.