Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR SIYOSIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN UCHRASHUV.

 Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati Avazbek Soliyev tomonidan 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistonning jahon miqyosidagi o‘rni, xalqaro obro‘-e’tiborining ortib borishi hamda Yangi O‘zbekiston strategik islohotlari yuzasidan ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, o‘quvchilarda Vatan va jamiyat oldidagi mas’uliyatni kuchaytirish, ularni bilim olish va tashabbuskorlikka undash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv jarayonida o‘quvchilar tomonidan ilgari surilgan taklif va savollar tinglanib, tegishli izohlar berildi. 

Slide 1 of 1