Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati Mohiraxon Qoraboyeva O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inida aholining yashashsharoitlari va mavjud muammolarni o‘rgandi. Mahalla yettiligi bilan birgalikda ichki yo‘llarni asfaltlash, infratuzilmani yaxshilash va hududniobodonlashtirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
Uchrashuvda aholining murojaatlarini muntazam o‘rganish va mas’ul idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligita’kidlandi.
Shuningdek, 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, isitish tizimi va sinf xonalari holati ko‘zdan kechirildi. Deputat ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanadayaxshilash borasida tavsiyalar berdi.