Elobod mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi deputati Nishanov Xusniddin O‘ralovich Elobod mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mavjud muammolar yuzasidan atroflicha muhokama olib borildi.
Deputat fuqarolarning dolzarb masalalarini hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
Mazkur uchrashuv aholi muammolarini o‘rganish, ularni joyida hal etish hamda xalq va deputatlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi