#doimiy_komissiya
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining
Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Kun tartibida Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hisobidan 2026-yilda amalga oshiriladigan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari obyektlarini manzilli ro‘yxatini ko‘rib chiqish va Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalar ko`rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar axborotlari tinglanib, doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Yakunda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, Kengash sessiyasiga kiritish uchun tavsiyalar berildi.
Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook