O‘quvchilar bilan oliy ta’lim masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 13-Solin saylov okrugidan saylangan deputat Nazarov Kenjaboy Naxalboevich ishtirokida 12-maktab o‘quvchilari bilan oliy ta’limga kirish va kelajak kasb tanlovi yuzasidan suhbat tashkil etildi.
Uchrashuvda Selxoz instituti vakili N. Nishonov tomonidan o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud yo‘nalishlar, qabul jarayonlari hamda kasb tanlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlarini belgilash borasida zarur tavsiyalar oldilar.
Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi