#Sayyor_qabul
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati T.Fayziyev hamda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati M.Turg‘unov ishtirokida Zangiota tumanidagi 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv va sayyor qabul tashkil etildi.
Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar tinglandi. Xususan, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, hamda ijtimoiy sohadagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Fuqarolarning murojaatlari tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook