Sessiyani-Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Sibayev boshqarib bordi. Sessiyada tuman hokimi v.b O.Umarov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari va kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi yetmish sakkizinchi sessiyasi
KUN TARTIBI
Birinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarning Tomdi tumanida bajarilishi holati to‘g‘risida Tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Q.Qarjabovning hisoboti tinglandi
Ikkinchi masala. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan 2024-yil 6 oyi davomida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Tomdi tumani IIB jamoat havfsizlik xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshlig‘i L.Ochilovning hisoboti tinglandi
Boshqa masalalar