Sessiya ishini Kengash raisi E.O.Turdimov olib bordi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati
Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida;
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha Samarqand
viloyati hududida bir mandatli saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida Markaziy
saylov komissiyasiga taqdimnoma yuborish haqida;
3. Viloyat hokimining ayrim qarorlarini
tasdiqlash to‘g‘risida;
4. Viloyatda 2024-yilning I yarim
yilligida davlat va mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining
ijrosi to‘g‘risida viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i
B.Mirzayevning hisoboti;
5. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyevning
viloyatda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan
axboroti;
6. Viloyatda qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ijrosi yuzasidan
“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi U.Nazarovning hisoboti;
7. Viloyatda energiya resurslarini
iqtisod qilishning maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
8. Yuridik shaxslarning mol-mulk
solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash
muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;
9. Turkiya Respublikasi fuqarosi Ali
Baklan (Ali Baklan)ga “Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risida;
10. Xalq deputatlari viloyat
Kengashining 2024-yil II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash
to‘g‘risida;
11. Bo‘sh turgan davlat mulki obyektini
“E-Auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolariga chiqarish
to‘g‘risida;
12. Samarqand viloyatining Samarqand,
Kattaqo‘g‘on shaharlari, Jomboy, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Payariq,
Paxtachi, Samarqand, Qo‘shrabot, Urgut, Toyloq va Nurobod tumanlaridagi kichik
sanoat zonalarini tugatish to‘g‘risida;
13. 2024–2026-yillarda Samarqand
viloyatining Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash
chora-tadbirlari to‘g‘risida;
14. Samarqand viloyatida avtomobil
yo‘llari, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi, elektr energiyasi
ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va
ta’mirlash ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida;