Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Nilufar Jabborova tomonidan "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda sayyor qabul o'tkazildi.
Qabulda fuqarolardan kommunal sohaga oid (elektr energiyasi, ichimlik suvi va yo‘l infratuzilmasi), shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga deputatlik so'rovlari yuborildi.