Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
J.Yeshniyazova tomonidan  "Keriz" ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI YeTTINCHI CHAQIRIQ IKKINCHI SESSIYASI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Хотин-қизлар муаммоларини ўрганиш ва ҳал этиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” қарори мувофиқ Ижтимоий аҳволи ва турмуш шароити оғир, ишсиз ва ижтимоий фаол бўлмаган хотин-қизлар учун тиббий, ҳуқуқий ва психологик ёрдам кўрсатишга алоҳида эътибор қаратилади.
янв.21
“Энг яхши ижтимоий ташаббус” республика танловининг Навоий вилоят босқичи ғолиблари тақдирланди
янв.21
Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashining navbatdagi yetmish sakkizinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
янв.21
Tuman Kengashining 77-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuv
янв.21
Uchrashuv
янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuv
Farg'ona tumani hududidagi mahallalarda биринчи ярым йиллик якукни боича махалля кенгаши йиг'илишлари o'tkazilmoqda.

 Farg‘ona tumani hududidagi mahallalarda
birinchi yarim yillik yakukni bo‘yicha mahalla Kengashi yig‘ilishlari
o‘tkazilmoqda. 

  

Tumanning Yangi asr MFY hududidagi 24-sonli
umumta’lim maktabida mahalla fuqarolari yig‘ini Kengashining navbatdagi
2024-yilning 1-yarim yilligi davomida mahalla yettiligi faollari tomonidan
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mahalla Kengashiga hisobot topshirildi. 

Mazkur hisobot yig‘ilishi har doimgidanda
tanqidiy ruhda o‘tkazildi. Yig‘ilishda aholiga xizmat ko‘rsatish va aholini
qiynab kelayotgan muammolarni hal qilishda mas’ul korxona va tashkilot
rahbarlaridan yanada mas’uliyatni oshirish, yig‘ilishdagi faollardan mahalla
hududida jinoyatchilik, huquqbuzarlikni, oilalar o‘rtasida ajrimni oldini
olishda hamkorlikda faoliyat olib borish darkorligi ta’kidlab o‘tildi. 

Ushbu yig‘ilishda hududdan saylangan deputat
Fayzullo Mirzayev, tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovalar ishtirok
etib, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, ijtimoiy muxtoj
xonadonlarga ko‘maklashish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish orqali
yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tomorqa samarali foydalanish va boshqa
yo‘nalishlarda amaliy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlarning barchasi xalqimizni rozi qilishdan iborat ekanligi, lekin bunga
nisbatan barchamiz o‘zimizning axloq-odobimiz, madaniyatimiz va shukronalik
hissini his qilgan holda tumanimiz rivojlanishiga, obodonlashishiga hissamizni
qo‘shishimiz lozim ekanligini ta’kidlab, loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslikka
chaqirdilar.  

Slide 1 of 5