Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi raisiS. Nazarov tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida Mustaqillik mahallasidagi 10-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar fondi, darslik va badiiy kitoblar bilan ta’minlanganlik holati, kitoblarning saqlanishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa uchun qulay muhit yaratish va kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida kutubxona faoliyati samaradorligini oshirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda o‘quvchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4