Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ERTA TURMUSHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA HAMKORLIK KELISHUVI

ERTA TURMUSHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA HAMKORLIK KELISHUVI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva FHDYO bo‘limi xodimlari bilan erta turmushning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish masalasida kelishuvga erishdi.

Unga ko‘ra, mahallalarda yoshlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirokida uchrashuv va davra suhbatlarini o‘tkazish, ularda erta turmushning salbiy oqibatlari, oilaviy hayotga tayyorgarlik va mas’uliyat masalalarini keng yoritish rejalashtirildi.

Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad — yoshlarning huquqiy va ijtimoiy xabardorligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda erta turmush holatlarining oldini olishga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 3