Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MUSTAQILLIK MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

MUSTAQILLIK MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan Mustaqillik mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati, amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga ko‘maklashish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish va ularning muammolariga manzilli yechim topish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Yoshlar bilan samarali ishlash, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — mahallani rivojlantirishning muhim omilidir.

Slide 1 of 3