DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A. Avliyakulov saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning III choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.
Uchrashuvda deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, saylovchilarning taklif va mulohazalari tinglanib, bildirilgan murojaatlarni o‘rganish hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.