35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUMAN MOLIYA BO‘LIMIDAN XULOSA OLISH UCHUN XAT YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Pastdarg‘om tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi masalani har tomonlama ko‘rib chiqish maqsadida tuman Moliya bo‘limiga tegishli xulosa taqdim etish yuzasidan rasmiy xat yuborildi.

Mazkur xulosa orqali mablag‘larning shakllanish manbalari, ularni yo‘naltirishning moliyaviy asoslari, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda mablag‘lardan samarali foydalanish yuzasidan asoslantirilgan ma’lumotlar olinishi ko‘zda tutilgan.

Doimiy komissiya tomonidan olingan xulosa sessiya materiallarini sifatli tayyorlash, masalani har tomonlama tahlil qilish, deputatlar tomonidan asosli qaror qabul qilinishiga xizmat qiladi.