Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Pastdarg‘om tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi masalani har tomonlama va xolis o‘rganish maqsadida doimiy komissiya tomonidan ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh tarkibiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillari, shuningdek, tegishli soha mutaxassislari jalb etildi.
Ishchi guruh mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning qonunchilik talablariga muvofiqligi, ularni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish asoslari hamda kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi chuqur tahlil qilinadi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha tayyorlangan xulosa va takliflar navbatdagi sessiyada deputatlar muhokamasiga kiritilib, tegishli qaror qabul qilinishi rejalashtirilgan.